Faol kitobxon oʻquvchilari uchun yangi adabiyotlar ko’rgazmasi tashkil etildi.
Joriy yilning 24-dekabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1-umumiy o'rta ta'lim maktabining faol kitobxon oʻquvchilari uchun yangi adabiyotlar ko’rgazmasi tashkil etildi. Ko’rgazmada Jeyms Klerning “Atom odatlar” kitobiga sharh berib o’tildi. Shuningdek bibliografiya xizmati xodimlari tomonidan Jizzax oʻlkamizning buyuk namoyondalari, adib va yozuvchilari haqida yigʻilganlarga sharh berib oʻtildi. Kutubxonaga tashrif buyurgan oʻquvchilar yuqori taassurotlarga, kerakli maʼlumotlarni ega boʻlishdi.