Faol kitobxon o'quvchilari ishtirokida "Yashirin so'zni toping " deb nomlangan qiziqarli va quvnoq o'yin tashkil qilindi.
Joriy yilning 25-oktabr sanasida Do'stlik tuman ixtisoslashtirilgan maktab ko'chma kutubxonasining faol kitobxon o'quvchilari ishtirokida "Yashirin so'zni toping " deb nomlangan qiziqarli va quvnoq o'yin tashkil qilindi. O'yinda kitobxon yoshlar ikki jamoaga o'g'il bolalar "Renessans" hamda qizlar "Impuls" jamoalari 3 ta shart bo'yicha bellashishdi.O'yin juda qiziqarli va mazmunli tashkil qilindi. Impuls jamoasi o'zlarining faolligi va zukkoligi bilan g'oliblikni qo'lga kiritdi. Ushbu o'yinda faol kitobxonlardan 8 nafari ishtirok etdi.Tadbirlarda hamkorligi uchun Do'stlik tuman Ixtisoslashtirilgan maktab ma'muriyatiga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz