Faol kitobxon bolajonlar ishtirokida "Yangi bolalar adabiyoti " ko'rgazmasi tashkil qilindi
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi Fondlarni to'ldirish, saqlash va qayta ishlov berish xizmati xodimlari tomonidan 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan faol kitobxon bolajonlar ishtirokida "Yangi bolalar adabiyoti " ko'rgazmasi tashkil qilindi. Ko'rgazmada Susambil ertak kitobidagi "O'tinchi chol va tulki" ertagi bolalarga aytib berildi va ertak haqida savol javob qilindi. Ko'rgazmada 16 nafar bolalar qatnashdi. Ko'rgazmaga 60 ta ertak kitoblar qo'yildi