"Ertaklar yaxshilikka yetaklar" shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 11-dekabr sanasida Doʻstlik tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan jajji kitobsevar bolalar ishtirokida "Ertaklar yaxshilikka yetaklar" shiori ostida davra suhbati tashkil etildi. Unda "Dala qushi va dehqon" nomli ertak bolajonlarga oʻqib eshittirildi. Shu bilan birga turli qiziqarli savol-javoblar, viktorina oʻyinlari tashkil qilindi. Ushbu ertaklar olamiga sayohat juda ham qiziqarli va maroqli davom etdi.


