"Ertaklar yaxshilikka yetaklar" shiori ostida bolalar adabiyoti ko'rgazmasi tashkil qilindi.
Joriy yilning 22-aprel kuni Do'stlik tumani axborot-kutubxona markazida "Ertaklar yaxshilikka yetaklar" shiori ostida bolalar adabiyoti ko'rgazmasi tashkil qilindi. Ushbu koʻrgazmaga 70 DAN ortiq adabiyotlar qoʻyilib, unga MMTB ga qarashli 1-umumiy o'rta ta'lim maktabining 27 nafar 2-sinf o'quvchilari jalb etildi. Oʻquvchilarga ertak kitoblar, bolalar adabiyoti haqida qisqacha maʼlumotlar berilib, oʻqish uchun kitoblar tavsiya etildi.



