"Ertaklar yaxshilikka yetaklar" nomli ertak kitoblar ko‘rgazmasi tashkil qilindi.
Joriy yilning 30-may kuni Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1-iyun "Xalqaro bolalarni himoya qilish" kuni munosabati bilan "Ertaklar yaxshilikka yetaklar" nomli ertak kitoblar ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Ko‘rgazmada Tozagul Jumanovaning "Mumkiniston mamlakatiga sayohat" kitobiga qisqacha sharh berib o‘tildi hamda kitobxonlarga turli ertak kitoblar oʻqish uchun tavsiya etildi. Ko‘rgazmaga 40 ta kitob qo‘yildi va 20 nafar kitobxon bolajonlar ishtirok etdi.