«Ertaklar yaxshilikka yetaklar » mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 23-noyabr kuni Do‘stlik tumani Axborot-kutubxona markazi hamkorligida 5-sonli DMTM tarbiyalanuvchilari ishtirokida «Ertaklar yaxshilikka yetaklar » mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida bolajonlarga xalq ertaklarining mazmuni, ularda aks etgan ezgulik, mehr-oqibat, halollik va odob-axloq kabi fazilatlar haqida tushunchalar berildi. Ertaklarning bolalar tarbiyasi va tasavvurini boyitishdagi ahamiyati haqida suhbatlashildi.
❤️ Zero, buvilar aytgan ertaklar — bolalik xotiralarining eng go‘zal sahifasi, mehr va tarbiyaning bebaho maktabidir!


