“Ertaklar qal’asiga sayohat” nomli qiziqarli sayohat tashkil etildi.
Joriy yilning 11-sentabr kuni Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida “Munisa” maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikda jajji kitobxonlar uchun
🏰 “Ertaklar qal’asiga sayohat” nomli qiziqarli sayohat tashkil etildi.
💬Sayohat davomida bolajonlar kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishib, turli xil bolalar adabiyotlari, rang-barang kitoblar va sehrli ertaklar olamiga sayohat qildilar. Ularga kitobning inson hayotidagi o‘rni, kitobni asrab-avaylash, uni ozoda va ehtiyotkorlik bilan saqlash hamda muntazam kitob o‘qishning foydalari haqida sodda va qiziqarli tarzda tushunchalar berildi.
🗣Tadbir davomida bolajonlar o‘zlari sevib o‘qigan ertaklari va sevimli qahramonlarini eslab, topishmoqlar aytishdi, turli savol-javoblarda faol ishtirok etdilar. Ertaklar qahramonlari misolida yaxshilik, do‘stlik, mehr-oqibat, halollik va mehribonlik kabi ezgu fazilatlar haqida suhbatlar olib borildi.


