Ertaklar olamiga sayohat nomli davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 6-avgust sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Manas MFY dagi 17- DMTT tarbiyalanuvchilari ishtirokida "Buvim aytgan ertaklar" shiori ostida ertaklar olamiga sayohat nomli davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida o'zbek xalq ertaklari kitobidan "Yarimta no'xat" ertagi so'zlab berildi. Ertak qahramonlari haqida savol - javoblar tashkil etildi. Davra suhbati davomida 25 nafar tarbiyalanuvchi ishtirok etdi.


