"Ertaklar olamiga sayohat" mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 3-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ishtirokida kutubxonamizda "Ertaklar olamiga sayohat" mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida bolajonlarga qiziqarli va ibratli ertaklar ifodali tarzda oʻqib berildi. Ertak qahramonlari misolida ezgulik, halollik, doʻstlik, mehr-oqibat va mehnatsevarlik kabi insoniy fazilatlarning ahamiyati haqida suhbat oʻtkazildi.
Bolalar ertaklarni katta qiziqish bilan tinglab, oʻz fikr va taassurotlarini bildirdilar. Tadbir yakunida ularga yoshiga mos kitoblar tavsiya etilib, mutolaaning inson kamolotidagi oʻrni haqida tushunchalar berildi.
Mazkur tadbir yosh avlodda kitobga boʻlgan mehr va mutolaa madaniyatini shakllantirish, ularning maʼnaviy dunyosini boyitish hamda kitobxonlikka boʻlgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.



