“Ertaklar — bolalikning sehrli olami” nomli ertak kitoblari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Joriy yilning 28-yanvar sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida “Ertaklar — bolalikning sehrli olami” nomli ertak kitoblari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi yosh kitobxonlarda kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularni ezgulik, do‘stlik, halollik va mehnatsevarlik kabi yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘ldi.
Ko‘rgazmada o‘zbek va jahon bolalar adabiyotining eng sara ertak kitoblari, rang-barang va mazmunli nashrlar namoyish etildi. Tadbir davomida ertaklarning tarbiyaviy ahamiyati, ularning bolalar tafakkuri va tasavvurini boyitishdagi o‘rni haqida qiziqarli suhbatlar o‘tkazildi.
Mazkur ko‘rgazmaga jami 30 ta kitob qo‘yildi va unda 15 nafar o‘quvchi faol ishtirok etdi.



