“Ertaklar – bolalikning sehrli olami” mavzusida ertak kitoblari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Joriy yilning 10-fevral sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida “Ertaklar – bolalikning sehrli olami” mavzusida ertak kitoblari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazma davomida bolajonlar turli xalq va jahon ertaklari bilan tanishdilar. Tadbir jarayonida “Malika ayyor” kitobiga sharh berib o‘tildi. Ko‘rgazmaga 30 ta kitob qo‘yildi va 15 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.


