"Ertak va Multfilm qahramonlarini toping" nomli bolajonlar ishtirokida viktorina tashkil qilindi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan joriy yilning 24-noyabr sanasida "Kitobsevar millat" shiori ostida tumanimizning Mevazor mahallasida joylashgan eng koʻrkam "Sohil boʻyi" dam olish maskanida aholi va yoshlarning kitob mutolaasiga boʻlgan qiziqishlarini oshirish maqsadida "Ertak va Multfilm qahramonlarini toping" nomli bolajonlar ishtirokida viktorina tashkil qilindi. Kitobxon yoshlar viktorina davomida oʻz topqirligini namoyon etib, rasmdagi ertak va multik qahramonlarini tezkorlik bilan topishdi. Bu kabi kitobxonlik tadbirlari "Sohil boʻyida" muntazam oʻtkazilib boriladi



\