"Ensiklopediyalar olamiga sayohat" nomli tadbir tashkil qilindi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 18-umumiy o'rta ta'lim maktabining kitobxon o`quvchilari ishtirokida "Ensiklopediyalar olamiga sayohat" nomli tadbir tashkil qilindi. Tadbir davomida eng qiziqarli ensiklopediyalar haqida ma'lumotlar berildi hamda bolajonlar o`zini qiziqtirgan barcha savollar javobini "99 Savolga 99 Javob" nomli ensiklopediyadan bilib olishdi.Shuningdek qizg`in bahs - munozaralar va qiziqarli savol - javoblar bo`lib o`tdi. Tadbirda 25 ta o`quvchi faol qatnashdi.