"Eng yaxshi kitobxon oila" mavzusida tanlov bo'lib o`tdi.
"Eng yaxshi kitobxon oila" ko'rik tanlovi 11 may kuni Do`stlik tuman axborot-kutubxona markazida, Oila va xotin-qizlar bo'limi bilan hamkorlikda "Eng yaxshi kitobxon oila" mavzusida tanlov bo'lib otdi. Tadbirda tumandagi faol kitobxon oilalar 3 ta shart asosida o`zaro kuch sinashdi. Yakuniy natijalarga ko`ra Saritepa mahallasidan Ibragimovlar oilasi 1-o`rinni, G`.G`ulom mahallasidan Daminovlar oilasi 2-o`rinni va A.Navoiy mahallasidan Qobilovlar oilasi 3-o`rinni egallashdi. G'olib bo'lgan oilalar Axborot-kutubxona markazi hamda Oila va xotin-qizlar bo'limining Diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.