“Eng yaxshi kitobxon mahalla” ko‘rik-tanlov tashkil etildi.
Joriy yilning 14-aprel sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Eng yaxshi kitobxon mahalla” ko‘rik-tanlov tashkil etildi. Mazkur tanlovda Chinobod MFY, Sanoatchilar MFY hamda G‘afur G‘ulom MFYning faol kitobxon jamoalari ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.
Tanlov ikki shart asosida o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘zlarining kitobxonlik darajasi, topqirligi, ijodkorligi hamda jamoaviy faolligi bilan ajralib turdilar. Qizg‘in va murosasiz bahslar yakunida G‘afur G‘ulom MFY jamoasi eng yuqori natijani qo‘lga kiritib, faxrli 1-o‘rinni egalladi.
Tadbir yakunida g‘olib jamoa munosib taqdirlanib, diplom va esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi. Ushbu tanlov kitobxonlikni keng targ‘ib etish, aholini mutolaa madaniyatini oshirishga xizmat qilgani bilan ahamiyatlidir.


