“Eng yaxshi audio hikoya” ko`rik tanlovi
Do`stlik tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish, yoshlarni kitob o`qishga jalb qilish maqsadida “Kitobsevar millat” shiori ostida tashkil qilingan “Eng yaxshi audio hikoya” ko`rik tanlovi yakuniga yetdi. Yakuniy natijalarga ko`ra eng ko`p ovoz to`plagan Hasanov Temurbek 1-o`rinni, Pirimqulova Nahshona 2-o`rinni hamda Zarpullayeva Nozima 3-o`rinni egallashdi. Shuningdek tanlovda eng ta`sirli va chiroyli o`qilgan she`riy audio matnlari bilan faol ishtiroki uchun Yunusbek Habibullayev, Raxmatova Shodiyona hamda Touboyeva O`g`iloylar ham turli naminatsiyalar bilan taqdirlandi. G`oliblarga diplom va esdalik sovg`alar topshirildi.