Elektron kitob yaratilishi
Do'stlik tuman Axborot-kutubxona markazi Axborot kommunikasiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati rahbari D.Xudoyqulova tomonidan "Elektron kitob yaratilishi " mavzusida tadbir tashkil qilindi.Tadbirda Navro'z MFYda joylashgan 6-IDUMaktab o'quvchilari qatnashdi.Tadbirda bugungi zamonaviy texnologiyalar asosida mutolaani rivojlantirishga o'z xissasini qo'shayotgan elektron kitoblar yaratilishi qiziqarli amaliy tarzda tushintirilib ko'rsatilib berildi.Kitob o'qishda bugun qulay bo'layotgan audio kitoblar,CD,DVD diskli kitoblar ommalashgani haqida ham to'xtalib o'tildi.Bu tadbir barchaga manzur bo'ldi. QR-kodli kitoblar jamlanmasi sovg'a tariqasida taqdim etildi.Tadbirda 43 nafar ishtirokchi qatnashdi.