" Dunyoni tebratgan buyuklar " shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan faol kitobxonlar ishtirokida Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan " Dunyoni tebratgan buyuklar " shiori ostida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida buyuk mutafakkur alloma Beruniy hayoti va ijodi, bizga qoldirgan boy ma`naviy merosi haqida so`z bordi.