Do’stlik tumanida yoshlar uchun yangi imkoniyatlar maskani
Do’stlik tumanida yoshlar uchun yangi imkoniyatlar maskani
Bugun Do’stlik tumanida yoshlar hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan Yoshlar shaharchasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu zamonaviy majmua yoshlarning bilim olishi, sport bilan shug‘ullanishi, IT, ijodiy va intellektual salohiyatini rivojlantirishi uchun barcha zarur sharoitlar bilan ta’minlangan.
Yoshlar shaharchasi – bu nafaqat bino, balki kelajak sari tashlangan muhim qadamdir. Bu yerda yoshlar o‘z qiziqishlariga mos mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanib, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlari mumkin.





