Do'stlik tumanida “Mahalla ligasi” sport musobaqalarining tuman bosqichi o‘tkazildi
Do'stlik tumanida “Mahalla ligasi” sport musobaqalarining tuman bosqichi o‘tkazildi
🔹O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi Do‘stlik tuman bo‘limi, Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi hamda Do‘stlik tuman sport markazi hamkorligida 30 yoshdan yuqori aholi vakillari o‘rtasida sportning shaxmat va shashka musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi.
🔹Mazkur musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, intellektual o‘yinlarga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishdan iborat bo‘ldi.


