Do`stlik tuman Madaniyat saroyida O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi a`zolari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
Do`stlik tuman Madaniyat saroyida "Kitobxonlik haftaligi"ning uchinchi kunidan o`rin olgan O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi a`zolari Urazboy Abduraxmonov, Nurali Qobul, Nilufar Allamuradova, Abduxalil Sattorov hamda xonanda Muzaffar Xujamberdiyevlar bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Tadbirni shoira Nilufar Allamuradova ochib berdi va tashrif buyurgan mehmonlarni bilan yaqindan tanishtirdi. Shundan so`ng sevimli Jizzaxlik yozuvchimiz Nurali Qobul tadbir ishtirokchilarga Kitobning inson hayotidagi o`rni va ahamiyati haqidagi fikr mulohazalarini bildirib o`z ijodidan qardosh Qoraqalpoq xalqiga bag`ishlab yozgan she`rini o`qib berdi. Shuningdek yozuvchilar uyushmasi a`zolari kitobxonlikni targ`ib qiluvchi fikr mulohazalarini o`rtoqlashdi. Uchrashuv davomida ishtirokchilar o`zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi hamda yozuvchilarni hududning olis joylariga ham taklif qilishdi va ijodkor yoshlarning iltimosiga ko`ra ijod namunalari o`qib berildi. Tadbir davomida xonanda Muzaffar Xujamberdiyevning jonli ijroda tarannum etgan kuy-qo`shiqlari barcha tadbir qatnashchilariga bayramona kayfiyat ulashtirdi. Tadbir yuqori saviyada bo`lib o`tdi.