Do`stlik tuman Madaniyat saroyida kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi.
Doʻstlik tumani axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan joriy yilning 12-fevral sanasida buyuk mutafakkirlarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan tuman Madaniyat saroyida kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi. Koʻrmazmaga qoʻyilgan kitoblar tuman aholisi va yoshlarga taqdimot qilinib, shoirlarimizning hayoti va ijodi, asarlari keng yoritib berildi. Koʻrgazmaga 30 dan ortiq kitobxonlar jalb etildi.