Do‘stlik tuman Ijtimoiy himoya markazi tashkilotidagi ko‘chma kutubxona fondi yangilanib, kitoblar almashtirildi.
KO‘CHMA KUTUBXONA FONDI YANGILANDI
Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlarning badiiy, ilmiy-ommabop hamda ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyojini yanada qondirish maqsadida Do‘stlik tuman Ijtimoiy himoya markazi tashkilotidagi ko‘chma kutubxona fondi yangilanib, kitoblar almashtirildi.
Ko‘chma kutubxonadagi avvalgi adabiyotlar o‘rniga yangi, mazmunan boy va qiziqarli kitoblar joylashtirildi. Ushbu adabiyotlar kitobxonlarning qiziqishlari, ehtiyojlari hamda yosh toifalaridan kelib chiqib tanlandi.
Mazkur ishlar aholining kitobxonlik madaniyatini oshirish, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda kitoblarni kitobxonlarga yanada yaqinlashtirishga xizmat qiladi.
Ko‘chma kutubxona — kitobni kitobxonga yetkazuvchi ezgu tashabbus!

