Doʻstlik tuman IIB xodimlari ishtirokida "O'zbekiston kelajagi buyuk davlat " nomli davra suhbati tashkil etildi.
“Dunyodagi har qaysi davlat, har qaysi xalq birinchi navbatda o‘zining intellektual salohiyati, yuksak ma’naviyati bilan qudratlidir. Bunday yengilmas kuch manbai esa insoniyat tafakkurining buyuk kashfiyoti – kitob va kutubxonalarda”. Ana shu fikrlarining tasdig‘i sifatida mamlakatimizda aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishni takomillashtirish, rivojlantirish va kitobxonlik madaniyatini ommalashtirish ishlari izchil yuksalmoqda. 22-26 aprel kunlari O‘zbekiston bo‘ylab “Kitobsevar millat” shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan “Kitobxonlik haftaligi” ham yuqoridagi fikrlarning yaqqol namunalaridan biridir. Bugun “Kitobxonlik haftaligi”ning to'rtinchi kunida Doʻstlik tuman IIB xodimlari ishtirokida "O'zbekiston kelajagi buyuk davlat " nomli davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida kutubxona haqida ma'lumotlar berildi. Shuningdek yangi adabiyotlar ko'rgazmasi tashkil etildi va qiziqarli turli xil savol-javob o'yinlari o'tkazildi.