Do`stlik tuman Ichki ishlar bo`limi xodimlari ishtirokida "To`g`ri tanlov" intellektual o`yini tashkil qilindi.
Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi hamda Respublika ma'naviyat-ma'rifat markazi Do‘stlik tuman bo'limi bilan hamkorlikda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Do`stlik tuman Ichki ishlar bo`limi xodimlari ishtirokida "To`g`ri tanlov" intellektual o`yini tashkil qilindi. Dastlab barcha tadbir qatnashchilariga bayram tabrigi yo`llandi. So`ng bahs-munozaralarga boy bo`lgan intellektual o`yini o`tkazildi. Tadbir so`nggida barcha faol qatnashgan ishtirokchilarga tuman ma`naviyat-ma`rifat markazi tomonidan esdalik sovg`alar topshirildi.