Do`stlik tuman axborot kutubxona markzari xodimalari o`rtasida shaxmat-shashka musobaqasi bo`lib o`tdi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan 2020-yil 30-oktyabrdagi "Sog'lom turmush tarzini hayotga keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Prezident farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida, O'zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan "Men sog'lom turmush tarzi tarafdoriman...." ruknida sog'lom muhitni yaratishga qaratilgan sport tadbirlari tashkil qilinmoqda.Bugun xodimlar o'rtasida axborot-kutubxona markazida shaxmat va shashka musobaqasi tashkil qilindi. Murosasiz kechgan ushbu musobaqada barcha birdek faol qatnashishdi va yakunda gʻoliblar munosib taqdirlandilar.