Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markaziga Doʻstlik, Mirzachoʻl va Arnasoy tumanlari Ichki ishlar boʻlimlari xodimlari tashrif buyurishdi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markaziga Doʻstlik, Mirzachoʻl va Arnasoy tumanlari Ichki ishlar boʻlimlari xodimlari tashrif buyurishdi.
Dastlab ishtirokchilar axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Kutubxona boʻylab uyushtirilgan sayohat davomida ularga zamonaviy xizmatlar, elektron kutubxona tizimi, yangi adabiyotlar fondi, elektron oʻquv zali, kitob fondlari hamda kitobxonlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar va innovatsion xizmatlar namoyish etildi.
Shundan soʻng "Zakovat" intellektual oʻyini qizgʻin va murosasiz bahslar ostida oʻtkazildi. Ishtirokchi jamoalar mantiqiy fikrlash, bilim va tezkor tafakkurni talab etuvchi savollar orqali oʻz salohiyatlarini namoyon etdilar. Oʻyin davomida jamoalar yuqori faollik, hamjihatlik va bilimdonlikni namoyish etib, tadbirning yanada qiziqarli ruhda oʻtishiga munosib hissa qoʻshdilar.
Yakuniy natijalarga koʻra:
1-oʻrin — Doʻstlik tumani IIB hamda Mirzachoʻl tumani IIB jamoalari;
2-oʻrin — Arnasoy tumani IIB jamoasi.
Tadbir yakunida gʻolib va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan tabriklanib, ularga tashakkurnomalar topshirildi.
Mazkur maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ichki ishlar organlari xodimlarining intellektual salohiyatini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda kutubxona va davlat tashkilotlari oʻrtasidagi samarali hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.


