Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazida "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 29-noyabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazida "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi. Ushbu "Siyosiy-ma’rifat soati"da kutubxona xodimlari ishtirok etishdi.Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng miqyosdagi islohotlar, yangiliklar namoyish etilgan o'quv soati xodimlarning ma'naviy-ma'rifiy, siyosiy bilimlari yanada rivojlanishiga yordam bermoqda.Shu bilan birga qo'shimcha ravishda ma'naviyat soati rejasiga muvofiq "Oits qurboni bolib qolmang",3-dekabr Nogironlar kuni munosabati bilan "Mehr ulashaylik-qalblar quvnasin" mavzusida ham suhbatlashildi.