Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazida kitobxonlar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlardan samarali foydalanilmoqda.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazida kitobxonlar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlardan samarali foydalanilmoqda.
Ayni paytda axborot-kutubxona markazining elektron o‘quv zali hamda an’anaviy o‘quv zallarida kitobxonlar bilan gavjum muhit hukm surmoqda.
Elektron o‘quv zalida foydalanuvchilar internet tarmog‘i, elektron kitoblar, ilmiy ma’lumotlar bazalari va raqamli axborot resurslaridan unumli foydalanib, bilimlarini oshirmoqdalar. An’anaviy o‘quv zalida esa kitobxonlar badiiy, ilmiy-ommabop hamda sohaviy adabiyotlarni mutolaa qilib, mustaqil ta’lim bilan shug‘ullanmoqdalar.
Kutubxonada yaratilgan qulay sharoitlar, zamonaviy axborot texnologiyalari hamda boy kitob fondi yoshlarning bilim olish, izlanish va ma’naviy kamolotini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi kitobxonlarni sifatli axborot-kutubxona xizmatlari bilan ta’minlash yo‘lida o‘z faoliyatini izchil davom ettirmoqda.



