Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida imkoniyatlar kengaymoqda
Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida imkoniyatlar kengaymoqda
💎Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida kitobxonlar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar kun sayin kengayib bormoqda. Xususan, kutubxonamizning zamonaviy elektron o‘quv zali orqali foydalanuvchilar dunyodagi yetakchi elektron ma’lumotlar bazalaridan samarali foydalanish imkoniyatiga ega.
💻AKT mutaxassislari tomonidan tashrif buyuruvchilarga ProQuest, EBSCOhost, Znanium kabi nufuzli xorijiy ma’lumotlar bazalaridan foydalanish tartibi bo‘yicha targ‘ibot va tushuntirish ishlari muntazam olib borilmoqda. Natijada foydalanuvchilar ushbu resurslardan faol foydalanib, o‘z bilim va salohiyatini oshirib bormoqdalar.


