Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatildi.
Joriy yilning 2-iyul sanasida O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Do‘stlik tumani bo‘limiga kelib tushgan yangi adabiyotlarni hisobga to‘g‘ri qabul qilish va ularni belgilangan tartibda rasmiylashtirish yuzasidan Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatildi.
Tashrif davomida mutaxassislar tomonidan yangi kitoblarni qabul qilish, ularni inventar kitobiga qayd etish, har bir adabiyotga inventar raqami berish, kutubxona hujjatlarini belgilangan me'yoriy talablar asosida yuritish hamda kitob fondini hisobga olish tartibi batafsil tushuntirib berildi. Shuningdek, kitoblarni ro‘yxatga olishda e'tibor qaratilishi lozim bo‘lgan muhim jihatlar, inventar raqamlarini to‘g‘ri rasmiylashtirish va kutubxona fondini tartibli yuritish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.


