Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga tashkil qilingan forumda ishtirok etib,bir qancha o'quv seminar, treninglarda qatnashdilar.
Joriy yilning 21-25-oktabr kunlari “INFOLIB O’ZBEKISTON-2024” XIII Milliy axborot- kutubxona haftaligi va “Yangi O’zbekiston kutubxonachilari-yangi kuch, yangi imkoniyatlar, yangi marralar!” Yosh kutubxonachilar-IV forumi o‘tkazilmoqda. Joriy yilning 22-oktyabr sanasida haftalik doirasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga tashkil qilingan forumda ishtirok etib,bir qancha o'quv seminar, treninglarda qatnashdilar.Tashriflari davomida "Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi" Respublika ko'rik tanlovini o'tkazilishini bevosita kuzatdilar.