Do`stlik TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi boʻlib oʻtdi.
Joriy yilning 4-oktyabr kuni Doʻstlik tuman axborot -kutubxona markazi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi boʻlib oʻtdi. Unda Microsoft Excel dasturida ishlash bo'yicha xodimlarga tushuntirish ishlari olib borildi. Ushbu dastur orqali jadvallar tayyorlash, dastur imkoniyatlari bo'yicha amaliy va nazariy ma'lumotlar berildi.