"Do‘stlik bilimdonlari" nomli kitobxonlar klubi a'zolari ishtirokida "Mening sevimli asarim" nomli davra suhbati tashkil qilindi.
Kitob har qanday bilimning joni va yuragi, har qanday fanning ibtidosidir. Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Do‘stlik bilimdonlari" nomli kitobxonlar klubi a'zolari ishtirokida "Mening sevimli asarim" nomli davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbatida Yusteyin Gorderning "Apelsin qiz" nomli kitobi haqida sharh berib o‘tildi. Shuningdek klub a'zolari o‘zlari yoqtirgan asarlar haqida ham oʻzaro fikrlar almashishdi. Oʻqigan kitoblarini bir-biriga tavsiya qilishdi. Davra suhbati davomida asarlar o‘rtasida savol-javoblar ham bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 12 nafar kitobxon ishtirok etdi.