"Do‘stlik bilimdonlari" kitobxonlar klubi hamda faol kitobxonlar ishtirokida "Kvest" jamoaviy o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Do‘stlik bilimdonlari" kitobxonlar klubi hamda faol kitobxonlar ishtirokida "Kvest" jamoaviy o‘yini bo‘lib o‘tdi.Yoshlarni ta'til vaqtini unumli va maroqli o‘tkazish maqsadida ajoyib o‘yin va bellashuvlar tashkil qilindi hamda qiziqarli ertaklar aytib o‘tildi.O‘yin davomida ishtirokchilar "Burgutlar" "Zukkolar" "Bilimdonlar" "Chaqqonlar" nomi ostida guruhlarga boʻlinib oʻzaro bellashdilar. Yakunda bellashuv g‘olibi "Burgutlar" jamoasi bo‘ldi. Tadbir qiziqarli va bahs munozaraga boy bo‘lib, 35 nafar ishtirokchi faol qatnashdi.