"Do‘stlik bilimdonlari" kitobxonlar klubi a'zolari ishtirokida "Kvest" jamoaviy o‘yini tashkil qilindi.
Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan yoshlarni ta'til vaqtida bo‘sh vaqtini unumli mazmunli o‘tkazish maqsadida "Do‘stlik bilimdonlari" kitobxonlar klubi a'zolari ishtirokida "Kvest" jamoaviy o‘yini tashkil qilindi. Tadbir davomida kitobxonlikka oid qiziqarli savol-javoblar hamda bir-biridan ajoyib shartlar bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.Tadbir juda bahs va munozaraga boy bo‘lib, 18 nafar ishtirokchi faol qatnashdi.