Davra suhbati
Dostlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Kitobxonlar klubi a'zolari ishtirokida Imom Ismoil al-Buxoriy tavalludining 1212-yilligi munosabati bilan "Moziydan taralayotgan ziyo" nomli davra suhbati tashkil qilindi.Davra suhbatini Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmat rahbari E.Qosimov tashkil qildi.Hadis ilmining allomasi haqida uning hadislari,ilm yo'lida qilgan ibratli ishlari hayoti haqida so'zlab berdi.Davra suhbati ishtirokchilari uning eng ko'p yodga olingan hadislaridan na`munalar keltirdilar.