"Davlat Gerbi - mustaqillik timsoli" nomli tadbir tashkil qilindi.
"Oʻzbekistan Respublikasi Davlat Gerbi toʻgʻrisida"gi qonun 1992-yil 2 iyulda tasdiqlangan. Davlat Gerbi — davlat ramzlaridan biri. Unda davlatning milliy siyosiy, iqtisodiy xususiyatlari, ijtimoiy va davlat tuzumi va geografik belgilari oʻz ifodasini topadi. Shu boisdan davlatimiz gerbi tasdiqlangan kun munosabati bilan Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan faol kitobxon yoshlar ishtirokida "Davlat Gerbi - mustaqillik timsoli" nomli tadbir tashkil qilindi. Tadbir davomida o'quvchilarga davlat gerb haqida ma'lumotlar berildi. Shuningdek oʻquvchilar ham gerb haqida oʻzlari bilgan ma'lumotlarni hamda she'rlarini aytib oʻtishdi va mantiqiy savol - javoblar boʻlib o'tdi. Tadbir soʻngida aytib oʻtilgan ma'lumotlar yuzasidan qizgʻin bahs -munozaralar tashkil etildi. Tadbir barchaga birdek manzur boʻldi. Tadbirda 10 nafar oʻquvchilar faol qatnashdi.