Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha o`quv seminar videoselektor bo`lib o`tdi.
Jizzax Davlat pedagogika Universitetining katta majlislar zalida Vazirlar Mahkamasining «Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 595-sonli qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining ishchi guruhi tomonidan o‘quv seminari videoselektor tarzda o‘tkazildi. Unda Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda tumanidagi davlat fuqarolik xizmatchilari ham ishtirok etishdi. Seminarda mutasaddilar qarorning mazmun-mohiyati to‘g‘risida atroflicha fikr yuritishdi.