"Chol va dengiz" asari soʻzlab berildi.Asarning mazmun mohiyati,bosh qahramonlar va voqealar rivoji soʻzlab berildi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan joriy yilning 25-sentyabr kuni 13- Umumiy oʻrta taʼlim maktabining 5-sinf oʻquvchilariga "Bir asar tarixi" shiori ostida Ernest Xemingueyning "Chol va dengiz" asari soʻzlab berildi.Asarning mazmun mohiyati,bosh qahramonlar va voqealar rivoji soʻzlab berildi.
🔴Shuningdek, o‘quvchilarga asarning asosiy g‘oyasi tushuntirilib, Santyagoning mashaqqatli mehnati, tabiat bilan kurashi va hech qanday qiyinchilik oldida taslim bo‘lmasligi misolida inson uchun sabr-toqat, jasorat va umidning ahamiyati haqida so‘zlab berildi.
🗣Davra suhbati davomida oʻquvchilar oʻrtasida jamoaviy oʻyinlar ham o'tkazildi.
Tadbir yakunida o‘quvchilar asar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar hamda badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirdilar.



