Chinobod MFYda istiqomat qiluvchi Arziyeva Xosiyat onaga sayyor kutubxona xizmati ko‘rsatildi.
Joriy yilning 9-sentyabr sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Mehr kutubxonasi” loyihasi doirasida Chinobod MFYda istiqomat qiluvchi Arziyeva Xosiyat onaga sayyor kutubxona xizmati ko‘rsatildi.
⏺Tashrif davomida kitobxonning qiziqishlari inobatga olinib, detektiv janridagi badiiy asarlar tavsiya etildi. Shuningdek, kitob mutolaasining inson ma’naviy hayotidagi o‘rni haqida suhbat o‘tkazildi.
⏺Mazkur loyiha aholining, ayniqsa, yoshi ulug‘ kitobxonlarning kitobga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish hamda ma’naviy-ma’rifiy xizmatlarni yanada ommalashtirishga xizmat qilmoqda.
