Chingiz Aytmatovning "Birinchi mualim" asariga bag'ishlangan ma'naviy - ma'rifiy taqdimot tadbiri tashkil etildi.
Joriy yilning 27-dekabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazida 14-umumiy o'rta ta'lim maktabining 8 - sinf o'quvchilari ishtirokida buyuk adib Chingiz Aytmatovning "Birinchi mualim" asariga bag'ishlangan ma'naviy - ma'rifiy taqdimot tadbiri tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi yosh avlodni adib asarlari bilan yaqindan tanishtirish, asar orqali ustoz va ilmning jamiyat hayotidagi beqiyos o'rnini anglashdan iborat boʻldi. Tadbir davomida o'quvchilarga asarning yaratilish tarixi, mazmun - mohiyati , bosh qahramonlar obrazi hamda asarda ilgari surilgan g'oyalar haqida batafsil ma'lumotlar berildi. Ayniqsa bosh qahramon Duyshen muallim obrazi orqali fidoiylik sabr- toqat, iligan muhabbat va ustozlik ma'suliyati yoritib berildi .Mazkur taqdimot yoshlarning dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi va mazmunli ruhda o'tdi.Tadbirda 16 nafar o'quvchilar ishtirok etdi.


