"Buyuk qirg'iz adibi" nomli tadbir tashkil qilindi
Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 5-umumiy o‘rta ta‘lim maktabining Kitobxonlar klubi a`zolari hamda faol kitobxon o`quvchilar ishtirokida Chingiz Aytmatov tavalludining 95 yilligi munosabati bilan "Buyuk qirg'iz adibi" nomli tadbir tashkil qilindi. Tadbir mobaynida adibning "Asrga tatigulik kun" asaridan ajoyib saxna ko‘rinishi yig`ilganlarga namoyish etildi. Shu bilan birga o‘quvchilar tomonidan musiqiy chiqishlar, she`rlar ishtirokchilar uchun taqdim etildi. Tadbir davomida turli xil savol-javob o‘yinlar hamda qiziqarli viktorinalar tashkil qilindi.