"Buyuk Ibn Sino so‘nmas siymo " nomli tadbir tashkil qilindi.
Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Kitobxonlar klubi a`zolari ishtirokida Abu Ali Ibn Sinoning tavvaludiga bag‘ishlab "Buyuk Ibn Sino so‘nmas siymo " nomli tadbir tashkil qilindi. Tadbirda o`quvchilarga Abu Ali Ibn Sinoning hayoti va ijodiy faoliyati haqida sharx berib o‘tildi. Uning bizgacha yetib kelgan asarlari haqida ham qisqacha gapirib o‘tildi. So`ng klub a`zolari ham Ibn Sino haqida o‘zlari bilgan ma‘lumotlar bilan o‘rtada fikr almashishdi. Tadbir barchaga birdek manzur bo`ldi.