“Buvim ertak aytganda” – ertak soati
“Buvim ertak aytganda” – ertak soati
Joriy yilning 23-iyun kuni Doʻstlik tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda 7-son DMTT tarbiyalanuvchilari ishtirokida “Buvim ertak aytganda” shiori ostida ertak soati tashkil etildi.
Tadbir davomida bolajonlarga xalq ogʻzaki ijodining sevimli namunalaridan biri bo‘lgan “Ur toʻqmoq” ertagi ifodali tarzda aytib berildi. Ertak orqali halollik, mehnatsevarlik, sabr-toqat va adolat kabi ezgu fazilatlar targ‘ib qilindi.
Bolalar ertak voqealarini katta qiziqish bilan tinglab, qahramonlar haqida o‘z fikrlarini bildirdilar. Tadbirning asosiy maqsadi bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ertaklarga mehr uygʻotish va maʼnaviy-axloqiy tarbiya berishdan iborat bo‘ldi.
Ertak soati bolajonlarda iliq taassurot qoldirib, ularga quvonchli kayfiyat ulashdi.


