“Buvim aytgan ertaklar” nomli qiziqarli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Joriy yilning 13-mart kuni Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazida kichik kitobxonlar uchun “Buvim aytgan ertaklar” nomli qiziqarli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirga mehmon sifatida taklif etilgan mehribon buvijon bolalarga xalqimiz orasida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan ibratli va qiziqarli ertaklarni aytib berdi.
Ertaklar orqali bolalar yaxshilik, do‘stlik, mehr-oqibat va halollik kabi insoniy fazilatlar haqida saboq oldilar. Tadbir davomida bolalar ertak qahramonlari haqida o‘z fikrlarini bildirib, savollarga javob berdilar hamda taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Tadbir yakunida bolalar buvijonga minnatdorchilik bildirib, yana shunday ertaklar aytib berishini so‘rab qolishdi.



