“Buvim aytgan ertaklar” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
“BUVIM AYTGAN ERTAKLAR” TADBIRI O‘TKAZILDI.
Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Ko‘chma kutubxona loyihasi doirasida 3-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida “Buvim aytgan ertaklar” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida bolajonlarga xalq ertaklarining mazmun-mohiyati, ertak qahramonlarining ezgulik, mehr-oqibat, do‘stlik va halollik kabi yuksak fazilatlari haqida qiziqarli hikoyalar orqali so‘zlab berildi. Kichkintoylar sevimli ertaklarini katta qiziqish bilan tinglab, o‘z fikr va taassurotlari bilan faol o‘rtoqlashdilar.
Tadbirning asosiy maqsadi bolalarda kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni oshirish, milliy ertaklarimiz hamda xalq og‘zaki ijodiga mehr va hurmat tuyg‘usini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
“Buvim aytgan ertaklar” tadbiri bolajonlarga unutilmas taassurot va ko‘tarinki kayfiyat ulashib, ularning kitob hamda ertaklarga bo‘lgan qiziqishini yanada mustahkamladi.


