ʼʼBuvim aytgan ertaklar ʼʼnomli davra suhbati tashkil etildi.
Doʻstlik tuman axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan koʻchma kutubxona doirasida 5-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida milliy qadriyatlarimiz asrab -avaylash ,bolalarda kitobxonlik va ertaklarga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida ʼʼBuvim aytgan ertaklar ʼʼnomli davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda bolalarga xalq ertaklari, milliy qadriyatlar va ezgulik gʻoyalari haqida qiziqarli suhbatlar oʻtkazildi.Davra suhbati davomida bolalar oʻzlari sevib tinglaydigan ertak qahramonlari haqida fikr bildirdilar . Mazkur tadbir yosh avlodni milliy anʼanalar ruhida tarbiyalash, kitob va ertaklarga mehr uygʻotish hamda avlodlar oʻrtasidagi maʼnaviy bogʻliqlikni mustahkamlashda muhum ahamiyat kasb etdi.ʼʼBuvim aytgan ertaklar ʼʼdavra suhbati barcha ishtirokchilarga koʻtarinki kayfiyat va ezgu taassurotlar ulashdi.


