“Buvim aytgan ertaklar — mehr va tarbiya manbai” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbiri “Munisa” MTT tarbiyalanuvchilari hamda Risolat ona bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Joriy yilning 11-sentyabr sanasida Do‘stlik tumani axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan
“Buvim aytgan ertaklar” shiori ostida “Buvim aytgan ertaklar — mehr va tarbiya manbai” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbiri “Munisa” bog‘chasi tarbiyalanuvchilari hamda Risolat ona bilan hamkorlikda tashkil etildi.
🔴Tadbir davomida bolajonlarga buvilarimizdan avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan xalq ertaklarining mazmun-mohiyati, ularda aks etgan ezgulik, mehr-oqibat, halollik va odob-axloq kabi insoniy fazilatlar haqida so‘zlab berildi. Risolat ona tomonidan aytilgan ertaklar bolajonlarda katta qiziqish uyg‘otib, ularning tasavvur olamini yanada boyitdi.
✅Tadbir jarayonida bolalar ertak qahramonlari, yaxshilik va yomonlik, do‘stlik va mehr-oqibat haqida o‘z fikrlarini bildirdilar. Samimiy suhbat va ertaklar orqali kitobxonlikka qiziqishlarini oshirish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashga undash maqsad qilindi.


